Noyer – jurnalistga "Pafos"ning goli haqida: "Siz darvozabon bo'lganmisiz?"

Aslanov Jasurbek
1 okt 2025
Manuel Noyer "Pafos" bilan o'yinda o'tkazib yuborgan goli haqida gapirdi.

"Bavariya" Chempionlar ligasining guruh bosqichi o'yinida "Pafos"ni (5:1) mag'lub etdi. Kipr klubining yagona golini Mislav Orshich urdi.

– Bu zarbani qaytarish imkonsiz edimi?

– Ha.

– Siz kech reakciya qildingizmi?

– Yo'q. Siz darvozabon bo'lganmisiz?

– Rostini aytsam, yo'q.

– Afsus. To'p avval to'g'ri uchdi, keyin traektoriyasini o'zgartirdi. U mening tomonimga uchayotgandi, lekin kechroq u boshqa traektoriyada uchayotganini ko'rdim. Agar siz futbol o'ynaganingizda nima haqida gapirayotganimni tushungan bo'lardingiz. Mana savolingizga javob," – dedi "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern & Germany