Ronaldu Portugaliyaning Norvegiyaga qarshi o'yini bo'ladigan kuni Saudiya Arabistoniga uchib ketadi

4 okt 2026, 11:52
Ronaldu milliy jamoa o'yini kuni Ar-Riyodga jo'nab ketadi.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasidagi Norvegiyaga qarshi o'yin kuni (4 oktyabr) Madriddan Ar-Riyodga uchib ketadi. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, 41 yoshli forvard o'tgan chorshanba kuni Kopengagendagi terma jamoa mashg'ulot lagerini tark etgan o'sha shaxsiy samolyotida Saudiya Arabistoniga yo'l oladi. Ronaldu Er-Riyodga Portugaliya va Norvegiya o'rtasidagi uchrashuv boshlanguniga qadar yetib boradi. Futbolchi Saudiya Arabistoniga kutilganidan ertaroq uchib kelishi takidlanmoqda.

Avvalroq Ronaldu Millatlar ligasi guruh bosqichi 2-turidagi Norvegiyaga qarshi o'yinda (1:2) uni maydonga tushirmagan bosh murabbiy Jorje Jezush bilan sodir bo'lgan nizodan so'ng o'zboshimchalik bilan milliy jamoa ixtiyorini tark etgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola