No'mon Hasanov: "Bugungi o'yin uchun futbolchilarimga rahmat aytaman"

Narzulla Saydullayev
4 noya 2017, 21:30
Oliy liga 27-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'yinidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida dastlab “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi No'mon Hasanov ishtirok etdi.

- Bugun juda qiziqarli va muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Agar biz yutqazganimizda turnir jadvalidagi ahvolimiz yomonlashar edi. Bugungi o'yin uchun futbolchilarimga rahmat aytaman. Ular bugun muxlislaga yoqadgan  o'yin ko'rsatishdi. Buxoro jamoasi xam xozirgi kunda bekorga 5-o'rinda turmaganini maydonda isbot qildi.

Oliy ligadagi islohotlarga nima deyishim mumkin? Turnir jadvalining pastki qismidagi jaoalarga achinaman. Manimcha bu ishga yoki vaqtliroq yoki mavsum tugagandan so'ng qo'l urilsa yaxshi bo'lardi.Yaxshi biz kerakli ochkolarni birinchi davrada yig'voganmiz.

Penalti menimcha bor edi. Hakam vaziyatga ancha yaqin turgan edi. Qolaversa biz kiritgan 3-golimiz ham inobatga olinmadi. Hakamlarni harakatlarini muhokama qilmayman, bu ishni bajaradigan masul shaxslar bor. O'yindagi vaziyatlar videotasvirlari  saytlarda chiqsa kerak , o'zlaring ko'rib baho berasizlar deb o'ylayman.  Shu o'rinda Qo'qondan kelib stadionda bizni qo'llab turgan  muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Buxoro jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman!



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia