Noma'lum shaxslar Jastin Klyuvertning uyiga bostirib kirib, uning qiz o'rtog'ini kaltaklashdi. 200 ming evrolik qimmatbaho buyumlar o'g'irlab ketildi

Administrator
25 may 2023
Bosqinchilar 200 ming evro miqdoridagi qimmatbaho buyumlarni ham o'marib ketishgan.

"Valensiya" klubi yarim himoyachisi Jastin Klyuvertning uyiga noma'lum shaxslar bostirib kirgan. Jinoyatchilar Klyuvertning qiz o'rtog'ini kaltaklab, uydan qiymati 200 ming evro miqdoridagi qimmatbaho buyumlarni o'g'irlab ketishgan. 

Bu holat Klyuvertning qiz do'sti o'z itini sayr qildirib, uyga qaytganda sodir bo'lgan. Ular qizni kaltaklashgan va qimmatbaho buyumlar qayerda turganini bilib olishgan. Policiya ma'lumotlariga ko'ra bu voqea 5 daqiqa ichida sodir bo'lgan. Qizning jarohatlari jiddiy emas, ammo u hozirda shok holatida. Jastin Klyuvert esa Malorka shahrida "Malorka" jamoasiga qarshi o'yinga tayyorlanayotgan bo'lgan.


AdministratorMuallif
Manba: Marca