Nkunkuning o'rniga terma jamoaga kim chaqirilishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
16 noya 2022
Avvalroq, Kristofer Nkunku Fransiya TJ mashg'ulotlarida jarohat olgani xabar qilgandik.

U Qatardagi jahon chempionatini o'tkazib yuborish aniq bo'ldi. Francuz nashrlari manbasiga ko'ra, Nkunkuning o'rniga terma jamoaga “Ayntraxt” a'zosi Randal Kolo Muani jalb qilinadi.

Kolo Muani 2022 yil yozida frankfurtliklar a'zosiga aylandi. U joriy mavsum 23 bahsda qatnashib, 8+11 natija ko'rsatdi. Fransiya TJdagi debyutini esa u joriy yil sentyabrida Avstriyaga (2:0) qarshi o'tkazgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Get French Football News