NIMA? "Real" finalda ishtirok etmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
25 apr 2025
"Real" Ispaniya kubogi doirasida "Barselona"ga qarshi o'yinda qatnashmasligi mumkin.

"El Chiringuito" ma'lumotiga ko'ra, Madrid klubi huquqshunoslari o'yin hakamlarining klubdan kechirim so'rashi talabnomasini tayyorlamoqda.

Yaqin soatlar ichida "Real" bu borada yakuniy qaror chiqaradi. Klubdagilar buni kechirib bo'lmas holat deb hisoblashgan. Klub prezidenti Florentino Peresning bo'lgan voqeliklardan jahli chiqqan va bosh hakamning o'yin oldidan matbuot anjumanida aytgan gaplari hayron qoldirgan.

VAR hakamining jiddiy ohangda gapirgan gaplari esa o'yindagi hakamlikning betaraf bo'lishi imkoniyatlari pasayib ketgan deb hisoblangan va shu orqali "Real" finaldan voz kechishi ham mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito