Nikola Lazarevich: "So'g'diyona" bosh murabbiyligi? Barchasi keyingi haftada aniq bo'ladi"

Sherzod Nurmatov
12 noya 2022
Coca Cola Superligasi 26-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "So'g'diyona" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Hammaga xayrli kech. Avvalo, "Qizilqum"ni g'alaba bilan muborakbod etaman. Eng muhimi, yigitlar so'nggi turlargacha astoydil harakat qilib, maqsadga erishdi. 

O'yinga kelsak, mana shunday o'yinni kutgandik. "So'g'diyona" oxirgi o'yinlarda barqaror o'yin ko'rsata olmayotgandi. Raqib motivaciyasiz harakat qildi. "Qizilqum" futbolchilari bor e'tiborlarini o'yinga qaratishdi va ijobiy natijaga erishdik.

- Bazi xabarlarga ko'ra, "So'g'diyona" bosh murabbiyiga aylanar ekansiz. Shu rostmi?

- Barchasi keyingi haftada aniq bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia