Niko Uilyams: "Fransiyaga qarshi bahsdan avval hayajonda edim, Yamal esa yo'l bo'yi uxlab ketdi"

Aslanov Jasurbek
30 noya 2024
Niko Uilyamsning aytishicha, Fransiyaga qarshi Evro-2024 yarim final bahsidan avval Lamin Yamal hayajonlanmagan ekan.

Ispaniya terma jamoasi turnir yarim finalida Fransiyani mag'lub etdi (2:1), Yamal g'alaba to'pini kiritgan edi.

"Yevropa chempionati yarim finali. Men hayajondaman, u esa... yo'l bo'yi uxlab ketdi.

Qanday qilib bunday muhim uchrashuv oldidan uxlash mumkin" - degan ekan Uilyams hujjatli film suratga olinayotgan paytda.

Yevropa chempionati finlida Ispaniya Angliyani 2:1 hisobida taslim qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal