

"Liverpul" Yan Diomande uchun kurashda "Real"ga yutqazib qo'ygach, Barkolyani ushbu transfer oynasidagi birinchi raqamli nishoniga aylantirgan edi.
Dastlab PSJ Barkolya uchun 145 mln funt so'ragan edi, "Liverpul" esa buncha mablag' to'lashga mutlaqo tayyor emas edi, biroq yaqinda ikki klub muzokaralarni qayta tikladi va hozirda murosaga kelishdi.
Barkolyaning "Liverpul"ga o'tish istagi va Bradlining ikki yildan so'ng tugaydigan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgani PSJni yon berishga majbur qildi va yakunda Chempionlar Ligasi g'oliblari 120 mln funt miqdoridagi kompensaciyaga rozi bo'lishdi.
Ko'rsatilgan summa 120 mln funtlik kafolatlangan qism va 20 mln funtlik bonuslardan iborat, deb aniqlik kiritadi "The Athletic".
O'tgan mavsumda PSJ safida 49 ta o'yinda 13 ta gol urgan va ettita golli uzatmani amalga oshirgan 23 yoshli Fransiyalik futbolchining transferi "domino effekti"ni keltirib chiqarishi mumkin - masalan, bu "Liverpul"ni "Manchester Siti" va "Tottenxem" sotib olmoqchi bo'layotgan Kodi Gakponi sotishga undashi mumkin.



