Nihoyat! Dzyuba RPL klubi bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
8 fev 2023
Hujumchi Artyom Dzyuba Rossiya Premer-ligasiga qaytdi.

34 yoshli futbolchi "Lokomotiv" bilan mavsum oxirigacha bitim tuzdi. Forvard yangi jamoasi safida 7 raqamda to'p tepadi.

Oldinroq, Dzyubaning oylik maoshi 2,5 mln. rubl ekanligi e'lon qilingandi.

O'tgan yilning dekabrida "Adana Demirspor" bilan xayrlashgan hujumchi "Loko"ga erkin agent sifatida o'tdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fclm.ru