Niderlandiyalik yosh iqtidor egasiga "Chelsi" va "Tottenxem" davogarlik qilmoqda

Alisher Ostonov
26 okt 2025
Londonning "Tottenxem" va "Chelsi" klublari 19 yoshli niderlandiyalik yarim himoyachi Kes Smit bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

Insayderlarning takidlashicha, pleymeyker uning milliy chempionatdagi o'yinlarini diqqat bilan kuzatib borayotgan har ikki ingliz klubida ham yaxshi taassurot qoldirgan. Transfer yozgi transfer oynasida amalga oshishi mumkin.

Kes Smit 2024 yildan beri AZda o'ynamoqda. Yarim himoyachi joriy mavsum Niderlandiya chempionatida sakkizta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TBR Football