Neymarning otasi: "O'g'limni har kuni karnavalda deb o'ylashni bas qiling"

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2025
Braziliyaning "Santos" jamoasi hujumchisi Neymarning otasi futbolchining turmush tarzi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.

"U har kuni kechqurun karnavalga boradi, degan fikrdan voz kechish kerak. U maydonda professional. Stadiondan tashqaridagi barcha narsa uning shaxsiy hayoti hisoblanadi. U tatil yoki dam olish kunlarida ziyofatlarga boradi. U qizlar bilan uchrashgani uchun jarohatlanmagan. Nahotki, u poker o'ynagani uchun xochsimon bog'lamini uzib olgan deb o'ylasangiz? Bugun uning ahvoli yaxshi, ruhi tetiklashdi, jismoniy kuchi tiklandi. Hozircha unga tezlik etishmayapti, lekin asta-sekin suratni oshirish rejalashtirilgan".

Avvalroq "Santos" Neymar bilan shartnomani 2026 yilning qishigacha uzaytirishga tayyor ekanligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe