Neymar yozda Barsaga qaytishi mumkin, Zaxavining agenti kataloniyaliklar rahbariyatini ko'ndirishga urinmoqda. Flik va uning shtabi mutlaqo qarshi

Alisher
26 fev 2025
Neymar Barselonaga qaytishi mumkin.

Kataloniya klubida obro'ga ega bo'lgan agent Pini Zaxavi rahbariyatni braziliyalik futbolchining Santos bilan shartnomasi tugaganidan keyin yozda uni o'z safiga qo'shib olishga ko'ndirmoqchi.

Qayd etilishicha, Barselona klubi yulduz futbolchilardan birini sotmasdan Neymarni o'z safiga qo'shib olishiga ishonchi komil emas. Bundan tashqari, Xansi Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabi braziliyalik futbolchining o'tishiga mutlaqo qarshi. Nemis mutaxassisi va uning yordamchilari bunday variant haqida eshitishni ham istashmaydi.


AlisherMuallif
Manba: sport.es