Neymar va Mbappe kelishmovchiligi tufayli PCJ lageri ikkiga bo'lingan

Alisher
4 iyun 2019, 12:25
Fransiya chempioni PSJ ning lagerida ikkita qarama-qarshi guruxlar paydo bo'lgan: biri Neymarniki, ikkinchisi esa Mbappeniki.

Mbappe braziliyalik futbolchi qo'lga kiritgan imtiyozlardan norozi. Ayniqsa, Kilian PSJ mashg'ulotlarida faqat Neymarda bor imkoniyatlardan ko'ngli to'lmayapti. Bundan tashqari, Mbappega Neymarning klub transfer siyosatiga ortiqcha darajada aralashayotganligi ham yoqmayapti.

Fransiyalik tomonida uning terma jamoadagi sherigi Presnel Kimpembe va belgiyalik himoyachi Toma Myonelar bor. Ikkinchi tomonning tarafdorlari haqida aytilmagan.

Ma'lumot uchun, Neymar chempionatda 17ta o'yinda 15ta gol va Mbappe 29ta o'yinda 33ta gol kiritishga muvaffaq bo'lishgan.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe