Neymar Paulino bilan to'qnashuvdan keyin Braziliya terma jamoasi mashg'ulotini tark etdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
4 okt 2017
PSJ hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasi mashg'ulotini muddatidan oldin tark etdi.

25 yoshli futbolchi yarim himoyachi Paulino bilan to'qnashuvdan keyin oyog'ini shikastlab oldi. Bu haqda oldinroq xabar bergan edik. To'qnashuv unchalik jiddiy bo'lmadi. Shunga qaramay, Neymar mashg'ulotni muddatidan oldin tugatishga majbur bo'ldi.

Pualino yozda "Guanchjou Evergrand"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Kataloniyaliklar yarim himoyachi bilan Neymar PSJga o'tganidan keyin shartnoma imzolashgan edi.





Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport.es