

“Avvaliga, sabr qilsak, Yevropada qolishimiz mumkin deb o'yladim. Ammo UEFAda qolish imkonimiz yo'qdek. Manimcha, OFKga o'tish oqilona qaror bo'lardi. Osiyoga ko'chib o'tishni yoqlab ovoz bergan RFI ijroiya qo'mitasi a'zolari bilan hamfikrman.
Terma jamoamiz va klublarimiz sharqiy qitada o'ynasa, qanday ijobiy tomonlar paydo bo'lishi mumkin? Hech qanday, faqat o'yin amaliyotiga ega bo'lamiz. Koloskov (Vyacheslav, RFI vice-prezidenti) UEFAga qaytish ehtimoli haqida gapirdi, u bunday masalalarda ko'proq tajribali. Vyacheslav Ivanovichning aytishicha, Yevropaga qaytishda muammolar bo'ladi, bu kabi qiyinchiliklar doimo ro'y beradi”, deydi Nepomnyashiy.



