Abbosbek Fayzullaev RPL o'tgan mavsumining eng yaxshi futbolchilari qatoriga kiritildi

Omonjon To`xtamirzayev
19 sen 2024, 17:20
Rossiya futbol ittifoqi ijroqo'm byurosi 2023/24-yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, chempionatning eng yaxshi futbolchilari ro'yxatini tasdiqladi.

RFI mavsum yakunlariga ko'ra, 33 nafar eng yaxshi futbolchi nomini e'lon qildi. Quvonarlisi, ro'yxatdan Moskvaning SSKA klubi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev ham o'rin egalladi.     


Darvozabonlar: Matvey Safonov ("Krasnodar"), Ilya Lantratov ("Lokomotiv", Moskva), Evgeniy Latyshonok ("Baltika", Kaliningrad).

O'ng qanot himoyachisi: Sergey Volkov ("Krasnodar"), Vyacheslav Karavaev ("Zenit", Sankt-Peterburg), Aleksandr Silyanov ("Lokomotiv", Moskva).

O'ng markaziy himoyachi: Villian (SSKA, Moskva), Straxinya Erakovich ("Zenit", Sankt-Peterburg), Aleksandr Soldatenkov ("Krilya Sovetov", Samara).

Chap markaziy himoyachi: Xunior Alonso ("Krasnodar"), Moyzes Barbosa (SSKA, Moskva), Maksim Osipenko ("Rostov", Rostov-na-Donu).

Chap qanot himoyachisi: Duglas Santos ("Zenit", Sankt-Peterburg), Yuriy Gorshkov ("Krilya Sovetov", Samara), Daniil Xlusevich ("Spartak", Moskva).

O'ng qanot yarim himoyachisi: Maksim Glushenkov ("Lokomotiv", Moskva), Benxamin Garre ("Krilya Sovetov", Samara), Ivan Oblyakov (SSKA, Moskva).

O'ng markaziy yarim himoyachi: Vilmar Barrios ("Zenit", Sankt-Peterburg), Klaudino ("Zenit", Sankt-Peterburg), Daniil Glebov ("Rostov", Rostov-na-Donu).

Chap markaziy yarim himoyachi: Vendel ("Zenit", Sankt-Peterburg), Eduard Spercyan ("Krasnodar"), Diego Laksalt ("Dinamo", Moskva).

Chap qanot yarim himoyachisi: Muhammad Moxebi ("Rostov", Rostov-na-Donu), Abbosbek Fayzullaev (SSKA, Moskva), Andrey Mostovoy ("Zenit", Sankt-Peterburg).

Hujumchilar: Mateo Kasserra ("Zenit", Sankt-Peterburg), Konstantin Tyukavin ("Dinamo", Moskva), Jon Kordoba ("Krasnodar"), Mirlind Daku ("Rubin", Qozon), Fyodor Chalov (SSKA, Moskva), Ivan Sergeev ("Zenit", Sankt-Peterburg).


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rfs.ru