

"Aral"ni tabriklayman va yigitlarga rahmat aytaman. Bizda tiklanish jarayoni yaxshi bo'lmagandek. "Andijon"ga qarshi o'yindan so'ng. Ikkinchi bo'limda bir kishi kam bo'lib qoldik ham. O'yin juda qiyin kechdi. Omad sababli g'alaba qozondik deb o'ylayman" - dedi Nematillo Quttiboev bahs yakunlangach.
- "Aral" mavsumni kutilganidan yomonroq boshladi. Bunga sabab nima?
- Biz yaxshi start amalga oshirdik. "Olimpik"ga qarshi o'yindan so'ng biroz omadimiz yurishmadi. Shu sababli to'rt o'yin g'alaba qozona olmadik. Nega bunday bo'ldi deyishingiz mumkin, sabab esa oddiy - vaziyatlardan foydalana olmayapmiz.





