"Neftchi" - xalqaro musobaqa g'olibi!

Narzulla Saydullayev
21 okt 2019
Bugun Farg'onada bo'lib o'tgan “Farg'ona vodiysi kubogi" xalqaro futbol musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Musobaqaning bosh sovrini uchun bahs Farg'onaning "Neftchi" va Qirg'istonning "Nur-Batken" jamoalari o'rtasida o'tkazildi.

Keskin va murosasiz bahslarga boy tarzda o'tgan uchrashuvda farg'onaliklar Mansur Saidov va Dilshod Umurzaqovlarning kiritgan gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozonib, musobaqa kubogini boshlari uzra baland ko'tardilar.

Shu tariqa 19-21 kunlari Farg'ona shahrida bo'lib o'tgan "Farg'ona vodiysi kubogi" xalqaro futbol musobaqasi yakuniga etdi.

“Farg'ona vodiysi kubogi” xalqaro turniri.

Final bahsi.

“Neftchi” (Farg'ona) – "Nur- Batken" (Qirg'iziston) 2:0 (1:0)

Gollar:
Mansur Saidov (1:0), Dilshod Umurzaqov (2:0)





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia