

Shu tariqa, farg'onaliklar mavsum tugashiga 2ta tur qolganida quyi ligaga tushib kyetishlari ani bo'ldi.
"Neftchi" hisobida ayni paytda 17 ochko bor. Klub oxirgi ikkita turda g'alaba qozongan taqdirda 23 ochko to'play oladi. Bugungi kunga kelib "So'g'diyona" va AGMK hisobida 23tadan ochko bor.
Demak "Neftchi" maksimal ochko olsa bu jamoalarga faqat yetib olishi mumkin xolos. Ochkolar teng bo'lib qolganida esa PFL reglamentiga ko'ra dastlab o'zaro o'yinlarga qaraladi. "So'g'diyona" ham, AGMK ham o'zaro bahslarda "Neftchi"dan ustun.
Reglamentning 4.8 bandida shunday yozilgan: 2018 yilgi Superligada 12-o'rinni olgan jamoa PRO-ligaga tushib ketadi. Superligada 10 va 11-o'rinni olgan klublar esa PRO-liganing ikki klubi bilan pley-off o'yinida ishtirok etishadi.




