Nazorat uchrashuvi. “Qizilqum” – “Shiroq” (Armaniston) 1:1

Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi kecha yig'in davomidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini Armanistonning bir necha karra chempioni “Shiroq” jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Bellashuvning 2-daqiqasidayoq navoiyliklarning rossiyalik legioneri Ruslan Margiev 11-metrlik jarima zarbasidan hisobni ochdi. Bellashuv tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda Rudik Mkrtchayn muvozanatni tiklab, o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi -1:1.

Hamidjon Aktamov shogirdlari Turkiya yig'ini doirasida ilk uchrashuvda Qozog'istonning “Aktobe” jamoasini (2:1) mag'lub etishgandi. 


Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати.