

Eslatib o'tamiz, Nayim Qosimov joriy yilning 16-26 mart kunlari Tailandning Pattaya shahrida sohil futboli bo'yicha Osiyo kubogida ettita bahsda ishlashga ulgurdi.
Ma'lumot o'rnida: OFK Elita hakamlar ro'yxati - bu Osiyodagi eng malakali hakamlar bo'lib, qita miqyosida o'tkaziladigan klublar va terma jamoalar o'rtasidagi rasmiy o'yinlarga tayinlanishadi. Ushbu hakamlar ma'lum nazorat sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda ushbu ro'yxatdan joy olishadi.



