"Navruz Cup-2022". 3-o'rin va final o'yinlarni boshqaradigan hakamlar ma'lum

Оқил Абдубарноев
28 mar 2022
Xabaringiz bor, ertaga, 29 mart kuni "Navruz Cup-2022" musobaqasining final va uchinchi o'rin uchun o'yinlari bo'lib o'tadi.

Turnirning 3-o'rini uchun kechadigan o'yin - Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi o'rtasidagi bahsni Akobirxo'ja Shukurullaev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi. 

Unga qanotlarda Baxtiyorxo'ja Shavkatov va Aleksandr Sidorov yordam beradi. Rustam Lutfullin esa zaxira hakami sifatida faoliyat olib boradi.

Shuningdek, Uganda va O'zbekiston o'rtasidagi final uchrashuvida bosh hakamlik Sayyodjon Zayniddinovga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Vafo Karaev va Ismoil Nuraliev yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi esa Nasrullo Kabirovga yuklatilgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ufa.uz