"Navbahor" va O'tkir Yusupovning 661 daqiqalik "quruq seriya"si Termizda barham topdi

Narzulla Saydullayev
3 okt 2021, 18:12
Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "Surxon" 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Shunday qilib, "Navbahor" klubining 6ta o'yinlik "quruq seriya"si yakuniga etdi. Namangan jamoasi so'nggi bor 14-turda "So'g'diyona" bilan bahsning 21-daqiqasida gol o'tkazib yuborgandi. Shundan keyin ketma-ket oltita uchrashuvda hech bir jamoa "lochinlar" darvozasini ishg'ol qila olmagandi.

Bugun "Surxon" hujumchisi Murod Bobojonov "Navbahor" darvozasini 52-daqiqada ishg'ol qildi va O'tkir Yusupovning "quruq seriya"si 661-daqiqada barham topdi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia