"Navbahor" sobiq a'zosi O'zbekiston chempionatiga qaytmoqda

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2024
Tojikistonlik yarim himoyachi Amirbek Jo'raboev faoliyatini O'zbekistonda davom ettiradi.

Ma'lumotlarga qaraganda, 2019-2020 yillarda "Navbahor" sharafini himoya qilgan yarim himoyachi "Qizilqum"ga o'tadi.



Uning oxirgi jamoasi Malayziyaning "Kedax" klubi edi. U o'tgan mavsum ushbu jamoa tarkibida 26 ta o'yinda maydonga tushgan va 6 ta gol urgan.

27 yoshli futbolchi ayni paytda Tojikiston terma jamoasi bilan Osiyo Kubogiga tayyorlanmoqda. Terma jamoa "A" guruhida Qatar, Xitoy va Livan bilan to'qnash keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia