“Navbahor“ Odilovning o'rniga braziliyalik futbolchini olib kelmoqda

Khoja
21 iyul 2025, 07:47
Ma'lumotlarga qaraganda, “Navbahor“ “Neftchi“ga ketgan Alisher Odilov o'rniga braziliyalik vinger Dudu Hatamotoni safiga qo'shib olmoqchi.

21 yoshli vinger so'nggi bor Bolgariyaning “SSKA 1948” jamoasi sharafini himoya qilgan bo'lib, ayni paytda erkin agent maqomida.

Dudu o'tgan mavsum sofiyaliklar safida 11 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali uni 500 ming evroga baholagan.



KhojaMuallif
Manba: @uz_eksport