"Nasaf": Yoshlarimiz U-19 terma jamoasi safida

6 may 2016, 22:50
Xabaringiz bor, Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi ayni kunlarda Belarus mamlakatida bo'lib turibdi.

Ular 5-11 may kunlari u yerda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirishgan.

Jasur Abduraimov jamoamizdan 5 nafar yosh futbolchini O'zbekiston U-19 terma jamoa safiga jalb etgan. Bular, “Nasaf” futbol maktabimizning bitiruvchilari Bobur Abduxoliqov, Aziz G'aniev, Sharof Muhitdinov, Umid Ergashev va Dostonbek Berdiqulovlardir.

Bungacha Saudiya Arabistoni yoshlariga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlarida Bobur Abduxoliqov, Sharof Muhiddinov va Aziz G'anievlar raqiblari darvozasini ishg'ol qilishgani e'tiborga loyiq. Umid Ergashev esa terma jamoamiz darvozasini qo'riqlagan.

Takidlash kerakki, shu yilning 13-30 oktyabr kunlari Bahraynda U-20 terma jamoalar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Qita birinchiligida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.

30 paprel kuni Manamada bo'lib o'tgan qur'a natijasiga ko'ra, mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi “D” guruhidan joy olgan. Guruhda O'zbekiston, Xitoy, Avstraliya, Tojikiston yoshlar terma jamoalari bor.

Quyida “D” guruhi qita birinchiligi taqvimi bilan tanishing:

15 oktyabr: O'zbekiston – Tojikiston; Xitoy – Avstraliya

18 oktyabr: Tojikiston – Xitoy; Avstraliya – O'zbekiston

21 oktyabr: O'zbekiston – Xitoy, Avstraliya – Tojikiston


Manba: fcnasaf.uz