

Uchrashuv davomida vakillarimiz ishonchli va tashabbuskor o'yin namoyish etib, raqib ustidan 3:0 hisobida yirik g'alabaga erishdi. Uchrashuv Adenis Shala dubl qayd etgan bo'lsa, yana bitta golga Bahodir Xalilov mualliflik qildi.
“Nasaf” 3:0 "Radnichki Nish"
Gollar:
Adenis Shala (19) - 1:0
Bahodir Xalilov (21) - 2:0
Adenis Shala (72) - 3:0
“Nasaf”: Abduvohid Ne'matov, Alibek Davronov, G'olib G'aybullaev, Murodbek Rahmatov, Adenis Shala, Bobir Abdixoliqov, Sharof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Bahodir Xalilov, Diyorbek Abdunazarov, Umarbek Eshmurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Quvonch Xushvaqtov, Yashnar Berdirahmonov, Behro'z Haydarov, Darvon Usmonov.
"Nasaf" Turkiyadagi ilk nazorat uchrashuvida asosan yoshlar bilan maydonga tushgan bahsda Germaniyaning regional ligalari vakili "Zvikkau" jamoasiga 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.


