"Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi qahramoni: "Nasaf" doimo yuragimda qoladi"

12 apr 2019, 22:56
Superliga doirasidagi "Nasaf" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan mehmonlar darvozaboni O'tkir Yusupov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'tkir Yusupov: - "Nasaf"ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Qarshiga faqat yutuq uchun kelgandik. Maydonda bor vujudimiz bilan o'ynab, maqsadga erishdik. Namangan ahli, rahbariyat oldida yuzimiz yorug' bo'lishi uchun g'alaba juda zarur edi. "Bunyodkor"dan alamli mag'lubiyatga uchradik. shu bois orqaga yo'l qolmagandi. Shu tufayli faqat g'alabani ko'zladik. O'yin qiyin bo'lishi avvaldan ma'lum narsa edi. Haqiqatdan qiyin uchrashuvni o'tkazdik. O'yindan-o'yinga malaka oshib boraveradi. "Nasaf"da ham yaxshi davrlarni boshdan o'tkazganman. Bu jamoa mening yuragimda qoladi.

- Aziz G'anievning jarima zarbasi? "Nasaf"da o'ynab yurgan kezlarimda ham Aziz doim jarima zarbalarini mashq qilardi. Men aslida u men turgan nuqtaga tepadi, deb o'ylagandim. Yo'q, jonli devordan o'tkazib yaqin burchakni nishonga olishni ko'zladi. Yaxshiyamki vaziyatni o'z vaqtida payqadim. 


Manba: championat.asia