“Nasaf” joriy mavsumda ilk marta “Markaziy” stadionda mashg'ulot o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2017
Qarshi shahridagi “Markaziy” stadion keng ko'lamdagi rekonstrukciya ishlari o'tkazilishi munosabati bilan vaqtinchalik yopilgan edi, deya xabar bermoqda "Nasaf" klubi rasmiy veb sayti.

“Nasaf” ushbu stadionda  so'nggi marta 2016 yil 22 oktyabr kuni Oliy liganing 26-turi doirasida “Navbahor”ga qarshi o'tkazgan edi. Yangi mavsumda jamoa o'o'z maydonidagi barcha raqiblarini G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida qabul qilayotgandi.

Oradan salkam sakkiz oy o'tib, “Markaziy” stadionning yangi  maydoni o'yinga tayyor bo'ldi. Jamoa futbolchilari bu yil hisobidan ilk marta “Markaziy”da mashg'ulot o'tkazishdi.

Biroq,stadionda “Nasaf”ning uy uchrashuvlari keyinroq boshlanadi. Chunki, stadionda oxirgi rekonstrukciya ishlari davom etmoqda. Bu jarayon tugallanish arafasida.

Klub ishqibozlari uchun yana bir yangilik: jamoa30 iyun kuni “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi O'zbekiston kubogi chorak final  dastlabki uchrashuvin“Markaziy”da o'tkazishi mumkin.

Endi bevosita mashg'ulotlarga to'xtaladigan bo'lsak, milliy terma jamoaga  jalb etilgan futbolchilar hamda legionerlardan tashqari barcha o'yinchilar mashg'ulotda ishtirok etishdi. Legioner futbolchilar esa ertadan mashg'ulotlarga kirishadi.

Mashg'ulotlar oldidan stadionga klub prezidenti -Sho'rtan gaz kimyo majmuasi  direktori Odil Temirov ham tashrif buyurib, murabbiy va futbolchilar bilan dildan suhbatlashdi.

Bu uchrashuvdan barcha futbolchilarning kayfiyati ham ko'tarildi. Mashg'ulotlar ko'tarinki ruhda o'tdi.











Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcnasaf.uz