"Napoli" xavbeki Zelinski: "Chempionlikni olishga umid qilamiz"

Alisher
1 noya 2021
"Napoli" yarim himoyachisi Petr Zelinski "Salernitana" (1:0)ga qarshi A Seriya 11-tur doirasidagi mehmondagi g'alaba haqida gapirdi.

Polshalik xavbek o'yindagi yagona golga mualliflik qildi. "Napoli" ayni damda 31 ochko bilan Italiya chempionatida yetakchilik qilmoqda.

"Bugun gol urganimdan xursandman. Bu derbidagi g'alaba goli va juda ham mamnunman. Ammo, men ko'proq g'alaba qozonishda davom etayotgan jamoadan mamnunman.

Biz kuchliligimizni bilamiz. Buni natijalar ham aytib turibdi. Ammo, biz bu yo'lda davom etishimiz va imkon qadar ko'proq o'yinlarni yutishimiz kerak. Umid qilamizki, biz orzu qiladigan chempionlik yakunda keladi", - deydi Zelinski.


AlisherMuallif
Manba: DAZN