"Napoli" Romelu Lukaku bilan muzokara o'tkazmoqda

Alisher
5 iyun 2019
"Napoli" tez orada o'z tarkibini Belgiya terma jamoasi futbolchisi bilan to'ldirib olishi mumkin.

Neapolliklar vakillari "Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku bilan shartnoma imzolash maqsadida muzokaralar olib bormoqda. Italiya jamoasi 26 yoshli belgiyalik futbolchi uchun yiliga 10 million evro maosh to'lamoqchi. Lukakuga shuningdek "Inter" ham raqobatlashmoqda.

Futbolchi joriy mavsum 52ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 2ta assistga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport