"Napoli" Kvaratsxeliyaning o'rnini Saudiya Arabistonidagi o'yinchi bilan to'ldiradi

Alisher
1 fev 2025
"Napoli" "Al Ahli" vingeri Allan Sen-Maksimen bilan shartnoma imzolaydi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Mavsum so'nggiga qadar ijara bitimi imzolanishi mumkin. Saudiya klubi buning uchun 4 million evro oladi.

Sen-Maksimen ushbu mavsumni ijara asosida "Fenerbaxche"da o'tkazmoqda. U Yevropada "Nyukasl", "Nicca" va "Monako" jamoalari sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano