"Napoli" hujumchisi Osimxen Jorj Veaning natijasini takrorladi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2023
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen "Milan"ning sobiq futbolchisi Jorj Vea o'rnatgan ko'rsatkichni takrorlashga erishdi.

24 yoshli nigeriyalik futbolchi A Seriyaning 17-turidan o'rin olgan "Sampdoriya"ga (2:0) qarshi o'yinda gol urib, joriy mavsum chempionatdagi o'ninchi to'pini kiritdi.

Osimxen Italiyaning yuqori ligasida uch mavsumda o'n yoki undan ortiq gol urgan ikkinchi afrikalik futbolchiga aylandi.

Bungacha faqat "Milan" sobiq forvardi va 1995 yilgi "Oltin to'p" sohibi Jorj Veagina buni uddalagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: OwnGoal Nigeria