Nani: "Ronalduning 1000 ta gol urishi oson. U buning uchun kerak bo'lsa eng kuchsiz ligaga ketadi. Unga hujjatlashtirilgan 1000 ta gol kerak - Pele va Romario kabi urilgan emas”

Alisher Ostonov
18 yanv 2026, 12:34
Nani Krishtianu Ronaldu hisobida 4 xonali gol bo'lishiga ishonmoqda.

"U mingga osongina yetib boradi, bunga shubham yo'q. Uning uchun bu belgi muhim, u yillar davomida bu haqda o'yladi.

U rasman qayd etilgan 1000 ta gol urishni xohlaydi, chunki Pele va Romario kabi boshqa futbolchilar shuncha gol urganliklarini davo qilishgan, ammo ularning barcha gollari ham qayd etilmagan. Ronaldu esa barcha gollari bilan film yaratishi mumkin.

U dunyoning eng kuchsiz professional ligasiga ketishiga to'g'ri kelsa ham, bu ko'rsatkichga erishadi. Biroq, u bunday qilishiga to'g'ri kelmaydi”, - dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq vingeri.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: FourFourTwo