Nakata, Kanchelskis va Qosimovdan iborat Markaziy Osiyo termasi faxriylari Ronaldinyosi bor "Barselona" afsonalariga qarshi o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
19 avg 2023
Xabaringiz bor, yaqinda Bishkekda Markaziy Osiyo terma jamoasi faxriylari hamda "Barselona" afsonalari o'rtasida ko'rgazmali o'yin o'tkaziladi.

29 avgust kuni Jalolobodda "Barselona"ning 29-akademiyasi ochiladi. Mazkur tadbir doirasida "Barsa" afsonalari va Markaziy Osiyo termasi faxriylari ishtirokida bahs bo'lib o'tadi. 

Unda O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hakamlik qilishi, unga qanotlarda Bahodir Qo'chqorov va Abduhamidullo Rasulov yordam berishi ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo tarkibida OKMK ustozi Mirjalol Qosimov harakat qilishi kutilmoqda. Uchrashuv 30 avgust kuni Dolon Omurzakov nomidagi stadionda Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia