MYUning 10 nafar o'yinchisi PSJga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Tolibjon Qosimov
4 mar 2019
YCHL 1/8 final javob uchrashuvi doirasida PSJga qarshi Parijda o'tadigan o'yinni "Manchester Yunayted"ning 10 nafar futbolchisi o'tkazib yuboradi.

Bu haqda "Goal.com" nashri xabar berdi.

Nemanya Matich, Ander Errera, Xuan Mata, Antoni Marsyal, Jessi Lingard, Matteo Darmian, Antonio Valensiya va Aleksis Sanches jarohat olgan. Fil Jons esa jarohatidan endi tiklanmoqda. U oxirgi to'rtta o'yinni o'tkazib yuborgan edi. Bundan tashqari, Pol Pogba birinchi to'qnashuvda qizil kartochka olgani sabab mazkur bahsni o'tkazib yuboradi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com