Myuller: "Bavariya"ning uslubidagi keskin o'zgarishlar Flikning jamoaga kelishi bilan bog'liq"

Alisher
22 avg 2020
"Bavariya" o'yinchisi Tomas Myuller CHL finali doirasidagi PSJga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Tomas Myuller: - Bavariyaning uslubidagi keskin o'zgarishlar Flikning jamoaga kelishi bilan bog'liq. Birinchi kundanoq murabbiy bizga ko'proq tavakkal qilishni, hujumkor ruhda o'ynab, oldinga o'tishdan cho'chimasligimizni so'ragan. Raqibga doimiy bosim yuklashimizni talab qilgan. Yuqori joylashadigan himoyaning barqarorligidan esa havotirga tushmaslik lozimligini uqtirgandi. Flik yana futbolchilar bilan o'zaro aloqani o'rnatishga alohida e'tibor berdi.

Bu jihatlarni esa jamoa juda yaxshi qabul qildi. Menga aniq qurilgan o'yin yoqadi. Flik qo'l ostida aynan o'zim toblangan uslub va vazifada harakat qilaman. Yuqori pressingga ixtisoslashgan futbol. Doimiy bosim va to'pni olib qo'yishda ham yetakchi bo'lish. Bavariyaning hujumi raqib to'pni o'yinga kiritishi bilanoq jarima maydonchasi atrofida boshlanadi. 

Lui Van Gaal davridan shu uslubda toblanganman. Flik qo'l ostida ham o'zim sevgan joy - markazda rohatlanib o'ynayapman. 

O'tgan finallardan qanday xulosa? Bavariyaning oxirgi uchala finalida o'ynagan futbolchi sifatida shuni aytamanki, finalning qanchalik muhimligini unutib, undan zavq olishga harakat qilish lozim. Futbol shunday o'yinki, ayniqsa muhim bahslarda istalgan ssenariy ruy berishi mumkin. Jamoa har qanday holatga tayyor bo'lmog'i zarur. Jamoadoshlarimni bo'lajak finalda futbolni rohatlanib o'ynashga chorlayman. 

Avvalgi finallar va o'sha paytdagi jamoa o'rtasidagi farq katta. Butkul boshqa jamoa, o'zga davrlar va futbol ham yildan-yilga o'zgarmoqda. Sharoit va imkoniyat ham turlicha. Eski va hozirgi jamoani solishtirmagan bo'lardim.

Tayyorgarlik? Rosti, finalga tayyorgarlik ham o'zgacha va doimiy tarzda ketmoqda. Flik boshqaruvidagi shtab bizni har taraflama jiddiy tayyorlamoqda.

Menga esa finalga tayyorgarlik ko'rish paytida Bavariya mediasi yoki UEFA saytiga intervyu berish yoqadi. Chunki sal bo'lsada chalg'ib turaman.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com