Myuller "Barselona"ga qarshi o'ynayotgan paytda uning uyiga o'g'ri tushdi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2022
Noma'lum shaxslar "Bavariya" hujumchisi Tomas Myullerning uyini talon-toroj qilishdi.

O'g'rilik YCHL guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi o'yin (2:0) vaqtida sodir bo'lgan.

"Bild" nashrining xabar berishicha, jinoyatchilar uydan olti raqamdan iborat naqd pul va taqinchoqlarni olib chiqib ketishgan.

O'g'rilarning shaxsi hozircha aniqlanmagan, biroq policiya tergov olib bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild