

Angliyalik mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri "qizil iblislar" Premer-ligadagi 14 o'yindan 10 tasida g'alaba qozondi. Hozirda mankunianlar turnir jadvalida uchinchi o'ringa joylashgan.
"Mavsumni o'zgartira olganimizdan xursandman. Barcha futbolchilar va murabbiy hurmatga loyiq. Kerrik bunda katta rol o'ynadi, u futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonchni oshirdi. Uning ortidan ergashging, u uchun kurashging, maydonda u uchun jon fido qilging keladi", – dedi yarim himoyachi.
"Liverpul" ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozongan "qizil iblislar" 2026/2027 yilgi mavsum uchun Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.



