

"Gap sadoqatda emas. Men ikki yil oldin, uch yil oldin, o'tgan mavsumda ketishim mumkin edi, lekin men bu yerda bo'lishni chin dildan yaxshi ko'raman. Men bu klubdan, dunyodagi boshqa hech bir jamoadan bunday quvonch va o'zim xohlagan hamma narsani olaman deb o'ylamayman. Muxlislar "Manchester Yunayted"ning qaytishini qanchalik kutayotganini bilaman. Biz bir qayiqdamiz. Men bu qayiqning shunchaki bir joyda turishini emas, balki oldinga siljishini istayman", – dedi Fernandesh.
Futbolchi hali "Manchester Yunayted"da xohlaganlariga erisha olmaganini ta'kidladi.
"Men hech qachon klub bilan APL va Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishni xohlayotganimni yashirmaganman. Balki bunga erisha olarman, balki yo'q. Lekin imkoniyatim bor ekan yoki shu yerda ekanman, harakat qilishda davom etaman", – deya qo'shimcha qildi u.
Fernandesh 2020 yildan beri "qizil iblislar" safida o'ynaydi va uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Yarim himoyachi "Manchester Yunayted" bilan 2023/24 yilgi mavsum Angliya Kubogini va 2022/23 yilgi mavsumda Angliya Liga kubogini qo'lga kiritgan.



