MYU yarim himoyachisi jarohati sabab mavsumning birinchi qismini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023, 15:35
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Meynu "Real"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida to'pig'idan jarohat oldi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

18 yoshli angliyalik 2023/24 yilgi mavsumning birinchi qismini o'tkazib yuborishi kutilmoqda. U Buyuk Britaniyaga uchib ketdi, u yerda jarohati qayta o'rganib chiqiladi.

Meynu o'tgan mavsumda MYU asosiy jamoasida 3 ta o'yinda maydonga tushdi va shuningdek, yoshlar tarkibidagi 16 ta bahsda 2 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com