MYU Xollandning transferidan voz kechgani sababi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
29 dek 2019, 21:11
"Manchester Yunayted" rahbariyati bugun Dortmundning "Borussiya"siga o'tgan Erling Xollandning transferidan nima sababli voz kechgani ma'lum bo'ldi.

"ESPN" xabariga ko'ra, bunga Mino Rayola va uning vakillari qo'ygan talab sabab bo'lgan. Rayola futbolchining shartnomasida tovon pulini belgilamoqchi bo'lgan va shuningdek, transfyerdan katta mablag' so'ragan. Bunga esa mankunianliklar rahbariyati rad javobini bergan.

19 yoshli Xollandning "Borussiya"dagi shartnomasida tovon puli ko'rsatilgani borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN