MYU sobiq futbolchisi Braziliyaga yo'l oldi

Alisher Ostonov
30 avg 2025, 11:23
Andreas Pereyra "Fulxem"dan "Palmeyras"ga yo'l oldi.

Braziliya klubi 29 yoshli yarim himoyachi uchun 10 million evro to'ladi. Futbolchi yangi jamoasi bilan 2028 yilning dekabrigacha shartnoma imzoladi.

Pereyra ingliz klubida 3 mavsum o'tkazdi. U o'tgan mavsum APLda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

U bungacha "Manchester Yunayted", "Granada", "Valensiya", "Lacio" va "Flamengo" klublarida o'ynagan.

Andreas Braziliya terma jamoasi safida 10 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.



Alisher OstonovMuallif
Manba: palmeiras.com.br