

Mashhur ispaniyalikning tayinlangani haqida Marokash qirolligi futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Jamoaning yangi bosh murabbiyi esa Muhammad Uahbi bo'ldi. U bundan oldin Marokash yoshlar terma jamoasi bilan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqqan.
Mart oyi oxirida marokashliklar Ekvador va Paragvay terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadi. Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatida esa "atlas sherlari" Braziliya, Shotlandiya va Gaiti jamoalari bilan bir guruhda o'ynaydi.



