MYU "Leyptsig"ga Sheshko uchun katta summa taklif qildi

Administrator
5 avg 2025
"Manchester Yunayted" Benyamin Sheshkoning transferi bo'yicha dastlabki taklifini yubordi.

Bild nashrining xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" "RB Leyptsig" hujumchisi Benyamin Sheshko uchun bonuslar bilan birga 85 million evro taklif etgan.

Sheshkoni o'z safiga qo'shib olish uchun "Nyukasl" ham raqobatlashmoqda. Ularning so'nggi taklifi, oldinroq ma'lum qilinganidek, 80+10 million evroni tashkil etgan edi. Hozirda klub takliflarni o'rganib chiqmoqda.

Benyamin o'tgan Bundesliga mavsumida 33 ta o'yinda 13 marta darvozani ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan.


AdministratorMuallif
Manba: Bild