MYU Keynga haftasiga 150 ming funtdan ko'proq to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
17 noya 2016, 10:09
"Manchester Yunayted" avvalgidek "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, mankunianlar 23 yoshli futbolchiga haftasiga 150 ming funtdan ko'proq to'lashga tayyor. Uning London klubidagi haftalik maoshi 60 ming funt.

"Tottenxem" Keynning maoshini 100 ming funtga etkazishga tayyor, ammo muzokaralar to'xtatilgan.

Oldinroq MYU Keyn transferi uchun 50 mln. funt to'lamoqchi edi.

"Tottenxem" va Xarri Keyn o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Squawka