MYU futbolchisi klub bilan shartnomani uzaytirmasdan "Barselona"ga o'tishi mumkin

Alisher
21 sen 2019, 11:33
"Barselona" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Anjel Gomeshga qiziqish bildirmoqda.

19 yoshli portugaliyalikning MYU bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2020 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi MYU bilan shartnomasini imzolashga shoshilmayapti.

Gomesh bundan oldin MYU tarkibida 3ta o'yinda maydonga tushgan. Undan ikkitasi o'tgan mavsum premer-ligadan bo'lgan bo'lsa, yana bitta o'yin 2017/18 yilgi mavsumga tegishlidir.

Futbolchi joriy mavsum Yevropa Ligasining 1-turi doirasidagi "Astana" (1:0)ga qarshi o'yinda 68 daqiqa harakat qildi.



AlisherMuallif
Manba: Manchester Evening news