MYU futbolchisi: "AZ Alkmarga qarshi o'yindagi durang - jamoa uchun yaxshi natija"

Alisher
4 okt 2019
"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot Yevropa Ligasi doirasidagi "AZ Alkmar"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Mehmondagi bir ochko - MYU uchun yaxshi natija. Qiyin bo'ldi, ammo biz yomon o'ynamadik. Jamoa tarkibida ko'plab yosh futbolchilar bor.

Shu bilan birga himoyada ishonchli o'ynadik va durangga erishdik.

Biz - "Manchester Yunayted"miz. Bizning maqsadimiz yuqoriroq bo'lishi kerak. Bizning guruhdagi holatimiz yaxshi, ammo biz to'xtab qolmasligimiz zarur", - deydi Dalot.

Eslatib o'tamiz, MYU Yevropa Ligasida 2 turdan so'ng 4 ochko jamg'argan holda, "L" guruhida ikkinchi o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com