MYU "Atletiko" futbolchisini ijaraga olmoqchi bo'lgan, ammo rad javobini olgan

Sherzod Nurmatov
4 sen 2025, 20:20
Insayder Fabricio Romano xabariga ko'ra, mankunianliklar 25 yoshli yarim himoyachi Konor Gallaxerni ijaraga olish taklifini "Atletiko"ga yuborgan.

Biroq Madrid klubi angliyalikni ijaraga berishni istamagan. Bir hafta oldin "Kristal Pelas" ham madridliklardan xuddi shunday javobni olgan.

Konor La Liganing o'tgan mavsumida 32 o'yinda 3 ta gol ugan va 3 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano